
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumonlab, politsiya mamlakatda taqiqlangan FETO terrorchilik guruhiga yaqin bo‘lgan shaxsni hibsga oldi.
Gumonlanuvchi V.K.A. elchining o‘ldirilishini tashkillashtirishda “muhim o‘rin”ga ega bo‘lgani aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs ByLock deb nomlangan, mobil qurilmalarda shifrlangan xabarlarni almashishga mo‘ljallangan ilovadan foydalangan. Tergovning ma’lum qilishicha, bu ilovadan Turkiyada 2016 yilning yozida ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanganlar foydalangan.
O‘tgan yilning 29 dekabr kuni Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi hibsga olingani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar