
Bazm AQSHning 45 prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasining 1 yilligi munosabati bilan 2017 yilning 20 yanvar kuni o’tkaziladi.
Xabarda aytilishicha, Tramp maxsus lotoreya tashkil qilib, yutuq sohibiga aylangan inson ushbu bazm mehmoni bo’lishi haqida ma’lum qildi. Amerika rahbarining Floridadagi villasiga taklifnomani ikki nafar fuqaro qo’lga kiritishi mumkin.
“Do’stlarim va oilam bilan birga bizning tarixiy inauguratsiya munosabati bilan tashkillashtiriladigan kechki ovqatimizga sherik bo’ling” dedi Tramp.
Lotoreyada qatnashish uchun prezidentning siyosiy faoliyatiga ma’lum miqdordagi mablag’ni hayriya qilish lozim. Mablag’ eng kamida 3 dollar, ko’pi bilan esa 2,7 ming dollar miqdorida bo’lishi bo’lishi mumkin. Amerika qonunchiligi bo’yicha siyosatchilar faoliyati uchun faqat AQSH fuqarolarigina hayriya qila oladilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar