date

Amerikalik ayol farzandi dunyoga kelishidan bir soat avval homilador ekanligini bildi

Amerikalik ayol farzandi dunyoga kelishidan bir soat avval homilador ekanligini bildi

AQShning Massachusets shtatida yashovchi Judi Braun homiladorligi to‘g‘risida tug‘ishidan bir soat oldin, kasalxonaga qornidagi og‘riqdan shikoyat bilan borganda bildi. Bu haqda ABC'ga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda.

47 yoshli ayol o‘t pufagidagi toshlar bezovta etayotganini taxmin qilgan, biroq shifokorlar u homiladorlikning oxirgi oyida ekanligini aniqladi. Oradan bir soat o‘tib, ayolda to‘lg‘oq boshlandi va qiz chaqaloq dunyoga keldi. Judining aytishicha, u homiladorligini payqamagan va onalik nasib etgani ayol uchun kutilmagan xushxabar bo‘lgan.

Bundan 22 yil avval turmush qurgan va hozirgacha bola ko‘rmagan Judi hamda uning turmush o‘rtog‘i Jeyson farzandlariga Kerolin Rouz deya ism qo‘ydi. Kasalxonani tark etishdan avval juftlik shoshilinch ravishda bolalar belanchagi va avtomobil kreslosini xarid qilishiga to‘g‘ri keldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol farzandi dunyoga kelishidan bir soat avval homilador ekanligini bildi