Saudiya Arabistonining Jidda shahrida mahalliy xotin-qizlarga mo‘ljallangan birinchi avtosalon ochildi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning kuzida qirollik tarixida ilk marta ayollarning mashina boshqarishiga ruxsat berilgandi.
Salon saudiyalik ayollar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ular avtomobillarga doim qiziqishgani, biroq avval bunday huquqqa ega bo‘lmaganliklari haqida aytishmoqda.
Ekspozitsiyaning asosiy qismida yoqilg‘i kam sarf qilinadigan avtomobillar namoyish qilingan, salonga kelgan mehmonlarga faqat ayol-maslahatchilar yordam berishmoqda. Shu bilan birga, savdo markazining o‘zi ham ayollar tomonidan boshqarilmoqda, restoranlarning barcha xodimlari ham ayol kishilardan iborat.
O‘tgan yilning sentyabrida qirol Salmon ibn Abdul Aziz ol Saud ayollarga haydovchilik guvohnomasini berish huquqini taqdim etuvchi farmonni imzolagan. Bunga qadar esa Saudiya Arabistoni ayollar mashina haydash huquqiga ega bo‘lmagan dunyodagi yagona mamlakat hisoblangan.
Bundan tashqari, 2018 yilning 12 yanvarida qirollikda ayollarga futbol o‘yinlarini tomosha qilishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi, ular uchun maxsus tribunalarda joylar belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi