Alibaba «Bo‘ydoqlar kuni»da 10 mlrd dollarlik mahsulot sotishni rejalashtirmoqda

Xitoyning internet-savdo sohasidagi yirik kompaniyasi bo‘lgan Alibaba mamlakatda 11 noyabrda nishonlanadigan «Bo‘ydoqlar kuni»da 10 milliard dollardan ziyod miqdordagi mahsulotlarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning xalqaro munosabatlar bo‘yicha vise-prezidenti Jeyms Uilkinson ma’lum qildi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.
«Biz uchun 11 noyabr — tarixiy kun. ‘Bo‘ydoqlar kuni’ mijozlarga mahsulotlar uchun 90 foizgacha chegirma beramiz. 2014 yili shu kuni 9,3 milliard dollarlik 270 millionta mahsulot sotganmiz. Bu yil esa sotuv hajmi 10 milliarddan oshishini kutyapmiz», — deya ta’kidlagan Uilkinson.
Vise-prezidentning aytishicha, ayni paytda Alibaba Group mazkur bayramga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda. Onlayn-savdoga dunyoning 30 mamlakatidan 6 million nomdagi mahsulotlar qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Bo‘ydoqlar kuni» zamonaviy bayram bo‘lib, Xitoyda ilk bor 2011 yilda nishonlangan. Raqamlar sehriga ishonuvchi xitoyliklar fikricha, 11 raqami yolg‘iz erkak va ayollarni eslatar ekan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing