
AQShning Shimoliy Karolina shtatida anomal sovuqlar sababli muzlab qolgan timsohlar o‘ziga kela boshladi.
Avvalroq internetda Shalotte River Swamp milliy bog‘idagi hovuzda muzlab qolgan timsohlar videosi paydo bo‘lgandi. Milliy bog‘da suratga olingan yangi videoda timsohlar majburiy uyqudan keyin yana o‘ziga kelib, jonlana boshlaganini ko‘rish mumkin.
Bog‘ rahbari Jorj Xovardning ta’kidlashicha, timsohlar o‘z tanalari haroratini o‘zgartirib va moddalar almashinuvini sekinlashtirib, muhit sharoitlariga moslasha oladilar. Ob-havo maqbul haroratga kelgandan keyin timsohlar odatiy hayot kechirishga qaytadilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar