
Ular qop-qora rangda bo‘lib, to‘shi sariqqa moyil. Ko‘zlari moviy. Xuddi shu jihatlariga asoslanib bu qushlar jannat qushlari deya e’tirof etilgan bo‘lsa ajab emas. Qora rang tovlanib, yorug‘likning 99 foizini ichga yutishi har qanday odamning e’tiborini tortadi.
Erkaklari qora rang tovlanishidan urg‘ochilar e’tiborini tortishda unumli foydalanishadi. Bu qushlarni birinchilardan bo‘lib Xorvard universiteti biolog olimlari aniqlashdi va o‘rganishga kirishishdi.
Shubhasiz, jannat qushlari erkaklari urg‘ochilarga nisbatan yirik, ular urg‘ochilar e’tiboriga tushish uchun doimiy tarzda raqobatlashishadi. Erkak qush urg‘ochining e’tiborini tortish uchun juda chiroyli qora patlarini bir nuqtaga jamlagan holda o‘ta go‘zal raqslarni ham ijro qiladi.
Bu qushlarning patlari hech qachon boshqa rangga kirmaydi. Vaholanki, boshqa qushlar, masalan, qarg‘alarning patlari to‘kilish pallasiga yaqin o‘zga rangga kirish jarayonini boshdan kechiradi. Jannat qushlari xuddi shu jarayondan uzoq.
Olimlarning aytishicha, jannat qushlarini faqat uzoqdan turib tomosha qilish va zavqlanish mumkin. Yaqin borilsa, shu zahoti g‘oyib bo‘lishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar