16:16 / 18.01.2018
6 962

Yongan avtobusning haydovchilari tirik qolishgan

Yongan avtobusning haydovchilari tirik qolishgan
Avvalroq, Qozog‘istonda avtobus yo‘lovchilari bilan yonib ketgani, faqat 5 nafar yo‘lovchi tirik qolgani haqida xabar bergan edik.

Aqto‘be viloyati hokimi o‘rinbosari Serik Tulenbergenovning bergan ma’lumotiga ko‘ra, tirik qolganlar yengil darajada kuyish jarohati olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchilari qozog‘istonlik bo‘lgan va ular tirik qolishgan.

“Qalampir.uz” nashri jurnalistlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan bu voqea yuzasidan bog‘landi. Favqulodda vaziyatlar vazirligida bu fojia yuzasidan ishonch telefoni tashkil qilingan va qo‘ng‘iroqlar qabul qilinmoqda. Navbatchi Kamoliddin Islomovning ma’lum qilishicha, vaziyatga oydinlik kiritilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor guruh tashkil qilingan.

Mazkur tezkor guruh vakillari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada ekanligi ta’kidlandi. Bu tezkor guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma’lum qilishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yongan avtobusning haydovchilari tirik qolishgan