AQSh prezidenti Donald Tramp Meksikani dunyoning eng xavfli mamlakati deb hisoblaydi. Amerika davlat rahbari o‘zining Twitter'ida shu haqida yozib qoldirdi.
Bu safar Tramp chegara devori qurilishi mavzusini ko‘tardi. "Meksikadan kelayotgan giyohvandlik moddalari oqimini to‘xtatish uchun bizga devor kerak", - deb yozadi u.
Meksika chegarasida devor ko‘tarish — Donald Trampning saylov oldi va’dalaridan biri.
2017 yilning 12 iyulida Amerika Kongress "Tramp devori" qurilishiga 1,6 milliard dollar ajratmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Oq uy egasi ob’ektni qurish ishlari yaqin orada boshlanishiga va’da berdi, biroq aniq sanalar ko‘rsatilmagan.
AQSh 509 kilometrli devor qurishni, shuningdek mavjud 655 kilometrli to‘siqni mustahkamlashni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar