Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda va Leningrad viloyatida ishchi dasturi tugagach, 18 yanvar, payshanba kuni Tver viloyatiga jo‘nab ketdi, u yerda Nilo-Stolobenskiy erkaklar monastiriga tashrif buyurdi, shuningdek, Seliger ko‘lida muz o‘yig‘iga tushib, cho‘qintirish bayramida qatnashdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
«Kreshcheniye bayrami munosabati bilan Putin liturgiyada qatnashdi, shuningdek, Seliger ko‘lida cho‘qintirish cho‘milishlarida ishtirok etdi», — dedi u.
Matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, bu yil markaziy Rossiyada an’anaviy chilla sovuqlari kuzatilmayapti, shu sababli «ko‘l atrofida harorat bu kecha minus 6—7 darajadan pastga tushmagan».
Peskov Putin uchun bu birinchi marta emasligini, u ko‘p yillardan buyon muz o‘yig‘iga tushib cho‘milib kelishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar