
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shimoliy Koreyani yadro qurolidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
"Biz aynan yadro qurolidan voz kechib, mustaqil davlatimizni yaratdik va mustahkamladik, uning xalqaro nufuziga erishdik. Biz barcha boshqa davlatlarni ham o‘zimizga o‘xshashga chaqiramiz, Eronga ham bu borada murojaat bilan chiqqanmiz. Hozir esa Shimoliy Koreyaga aytmoqchimiz. Kuch bu yadro bombalari va raketalarda emas. Dunyoda ularning soni juda ko‘p, bu haqiqiy himoya sanalmaydi. Himoya jahon hamjamiyatining ishonchidir", - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev BMT XK yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 1 yanvardan BMT Xavfsizlik Kengashida raislik qila boshladi. Ushbu mamlakat Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylangan Markaziy Osiyodagi ilk davlatga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar