Rossiya Konstitutsion sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyga uning konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi yuzasidan bergan shikoyat arizasini ko‘rib chiqishga qabul qilish bo‘yicha rad javobini berdi.
“Korrupsiya bilan kurash fondi” asoschisining fikricha, huquqlari bo‘yicha “Rossiya Federatsiyasi prezidentligi saylovlari to‘g‘risida”gi Federal qonunining 3-moddasi 5.2-bandi 1-bandostida belgilangan normalarga amal qilinmagan.
Federal qonunning bu bandida Rossiya fuqarosi og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni amalga oshirganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan va ovoz berish kunida ko‘rsatilgan jinoyat uchun sudlanganligi bekor qilinmagan bo‘lsa, Rossiya prezidenti uchun saylanish huquqiga ega emasligi aytiladi.
Navalniy “Kirov o‘rmon ishi” doirasida aynan shunday og‘ir xarakterdagi jinoyat bo‘yicha sudlangan. Shu bilan birga, shikoyatni qabul qilishga rad javobi berilishi bo‘yicha Konstitutsion sud o‘zining qaroriga asoslangan. 2013 yilning 10 oktyabrdagi qarorda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni amalga oshirganlik uchun ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan saylanish huquqini ma’lum bir muddatga cheklash imkoniyati haqida so‘z yuritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyni 2018 yilgi prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qabul qilmagani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi