
British Airways kompaniyasi uchuvchisi London politsiyasi tomonidan parvozga bir necha daqiqa vaqt qolganda mast holatda qo’lga olindi, deyiladi xabarda.
2036 reys mahalliy vaqt bilan 20:20 da Londonning Getvik aeroportidan Mavrikiy tomon yo’l olishi kerak edi. Reys uchun umumiy hisobda 300 ta chipta sotilgan.
Samolyot yo’lovchilari uchuvchidan spirt hidi kelayotganini sezib qolishgan va darhol politsiyaga xabar berishgan.
Hodisa sabab reys vaqti 2 yarim soatga ortga surildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar