19:03 / 21.01.2018
4 264

Saratonni yenggan muallima maktabni tashlab, o’zi davolangan shifoxonaga ishga kirdi

Saratonni yenggan muallima maktabni tashlab, o’zi davolangan shifoxonaga ishga kirdi
Texas shtatida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Eshli Mur avvallari o’rta maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilariga muallimalik qilar edi. 2016 yilda ikki farzandli ushbu ayolda aorta va o’pka limfomalari aniqlandi.

O’sha paytlari Eshli Pleynodagi kasalxonalardan biriga tushib qoldi va bu vaqtda katta qizi 3 yosh, kichigi esa 1,5 yoshda edi. Xali ona sutidan ajralmagan mitti chaqalog’ini o’ylab ezilgan ona o’lim xavf solib turgan bir paytda nafaqat jismoniy, balki ruhiy og’riqlarni ham boshdan kechirdi.

Xabarda aytilishicha, ayol kasalxonada hamshiralar guruhi tomonidan juda iliq tarzda kutib olingan va tibbiyot xodimalari unga beminnat g’amxo’rlik qilishgan.

Ushbu mehr-muhabbat saramasi o’laroq, ayol bir yildan so’ng o’lim bilan bo’lgan kurashda g’olib kelib, oilasi va farzandlari bag’riga qaytdi.

Eshli oilasidagi moliyaviy sharoitga qaramasdan Mak-Kinnidagi Kollin kollejiga o’qishga kirdi va uni 2019 yilda bitirishni rejalashtirmoqda. Bitiruv kuniga qadar esa o’zi davolangan shifoxona ma’muri sifatida ish olib borishga qaror qilgan.

“Asta-sekin onkologiya bo’limiga ishga o’tishni istayman. Menimcha ushbu sinovlarning har biridan o’tgan inson, ya’ni menga qarab bemorlarda mo’jizaga nisbatan ishonch paydo bo’ladi va ularga yordam bera olaman” deydi Eshli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saratonni yenggan muallima maktabni tashlab, o’zi davolangan shifoxonaga ishga kirdi