
Fransuz oshpazi, yangi fransuz oshxonasi asoschisi hisoblanmish Pol Bokyuz kecha 91 yoshida hayotdan ko’z yumdi.
Pol Bokyuz qirq yil davomida Michelin tomonidan uch yulduzga munosib ko’rilgan yagona fransuz oshpazi edi. 1975 yilda u “Hurmat legioni” ordeni bilan ham taqdirlangan.
Marhumning vafoti Fransiya prezidentini ham qayg’uga soldi. Emmanuel Makron ushbu ayriliq sabab butun Fransiya oshpazlari o’z oshxonalarida ko’z yosh to’kayotganlari haqida aytdi.
Yangi frantsuz oshxonasi taomlarning oddiyligi, mavsumiy mahsulotlarning ishlatilishi va servirovkaga katta e’tibor qaratilishi bilan ajralib turadi.
Pol Bokyuz dunyodagi eng nufuzli pazandachilik tanlovlaridan biri bo’lmish “Oltin Bokyuz” ta’sischisi ham edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing