
Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Odessa viloyatida og‘ir jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Interpol va Yevropol ma’lumotlar bazasida qidiruvda bo‘lgan.
O‘zbekistonlik erkak “Jihodchilar” diniy-ekstremistik guruhi a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, u “Jamoat” guruhining ham ishtirokchisi ekani ta’kidlanmoqda.
Qo‘lga olingan shaxs ekstremistik guruh tarkibiga yana ishtirokchilar qo‘shish bilan ham shug‘ullangan. Radikal islom ta’limotining faol targ‘ibotchisi bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zining navbatdagi targ‘ibotini Ukrainada o‘tkazishga uringan.
Avvalroq, Afg‘oniston va Suriyada “jihod” amallarini bajarishni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan Jizzax shahrida yashovchi fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar