
Jahondagi ilk “aqlli” do‘kon bugundan boshlab AQShda o‘z ishini boshlaydi. Do‘kon xaridorlari bu yerga tashrif buyurib, istalgan xaridni amalga oshirgach, o‘z smartfonlarini turniketga tekkizsalar kifoya.
Xabarda aytilishicha, xaridorlardan buning uchun maxsus mobil ilovani ishga tushirib olish va smartfon ekranida paydo bo‘luvchi QR kodni skaner qilish talab etiladi. Shundan so‘ng xaridor o‘zi istagan narsalarini olib, uyi tomon ketaveradi. Xaridlar uchun to‘lanadigan mablag‘ esa Amazon akkauntiga ulangan karta hisobidan avtomatik tarzda yechib olinadi.
Do‘konning har bir xaridorini kameralar va datchiklar tizimi kuzatib turadi, ular haridorlarning tokchalardan olgan narsalari bilan birga qaytarib qo‘ygan narsalarini ham “ko‘zdan kechiradilar”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing