KXDR delegatsiyasi to‘rt yil ichida birinchi marta Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi. Jahondagi eng yopiq mamlakat vakillari mafkuraviy dushmani hududiga Pyongchang-2018 Olimpiya o‘yinlari uchun ob’ektlarni tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida kelishdi. Alohida qiziqishga badiiy jamoalar chiqishi uchun mo‘ljallangan maydoncha sabab bo‘ldi.
KXDRning yetti kishilik komissiyasiga mamlakatdagi eng mashhur qo‘shiqchilardan biri, «Samdziyon» orkestri va «Moranbon» mashhur musiqa guruhi rahbari Xen Son Vol boshchilik qildi. Aytib o‘tish lozimki, bu ansambl davlat rahbari Kim Chen Inning alohida muhabbatiga sazovor bo‘lgan, qizning o‘zida esa millat yetakchisi bilan ishqiy aloqalar bo‘lgani taxmin etiladi. Xen Son Vol o‘z davlatidagi eng nufuzli ayollardan biri sifatida baholanadi.
Shimoliy koreyaliklar Seulga tashrif buyurishdi, so‘ng tezyurar poyezdda Koreya shimolidagi Kanvondo viloyatida joylashgan Kanninga yo‘l olishdi: bu yerda Olimpiada vaqtida xokkey, figurali uchish, konkilar, short-trek va kyorling bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. 220 ming kishilik aholi punktida musobaqalar uchun beshta sport arenasi barpo etildi.
Biroq, Xen Son Volni ko‘proq 900 kishiga mo‘ljallangan yangi konsert zali qiziqtirdi. U tovush sifatini shaxsan tekshirib ko‘rdi, o‘ziga tegishli bo‘lgan jamoalar dasturi va chiqish vaqtini muvofiqlashtirib oldi.
Shimoliy koreyaliklar matbuot bilan gaplashishdan butunlay bosh tortishmoqda. Xususan, Vol jurnalistlardan birining taassurotlar haqidagi savoliga hech narsa aytmay, shunchaki jilmayib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, yanvarda qachonlardir yagona bo‘lgan Koreyaning yarim asrdan ortiq vaqt davomida ajralgan holda yashayotgan qismlari Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida umumiy kolonna bilan o‘tishga kelishib olgani xabar berilgandi. Ikki jamoaning birlashishi, garchi bu ramziy ma’noda bo‘lsa ham, Turin-2006 davridan beri ilk marta va tarixda to‘rtinchi marta kuzatiladi.
Bundan tashqari, Kim Chen Inning yangi yil murojaatidan so‘ng munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha siyosatni ilgari sura boshlagan davlatlar ayollar xokkeyi bo‘yicha musobaqaga yagona terma jamoani qo‘yish niyatidalar. Bu Shveysariyada salbiy reaksiyaga sabab bo‘ldi. U yerdagi xokkey federatsiyasining fikricha, ikki jamoa birlashuvi sog‘lom raqobatni buzish bo‘yicha sun’iy aksiyadir.
KXDR sportning qishki turlari bo‘yicha yetakchi davlatlar orasiga kirmaydi. 1964 yilda Insbrukdagi o‘yinlarda ilk marta qatnashgan shimoliy koreyaliklar sakkizta Olimpiadada qatnashishdi, Grenobl-1968, Insbruk-1976, Leyk-Plesid-1980, Lillexammer-1994, Solt-Leyk-Siti-2002 va Sochi-2014’ni esa o‘tkazib yuborishdi. Ularda atigi ikkita medal bor: ilk Olimpiadadagi kumush va Albervill-1992 bronzasi.
Taqqoslash uchun, o‘nta yozgi Olimpiya o‘yinlari davomida chuchxe g‘oyalari tarafdorlari 54 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Ular faqatgina ikki marta musobaqalarni boykot qilishgan: Los-Andjeles-1984 va Seul-1988. KXDR atletlari ko‘proq an’anaviy sharq yakkakurashlari, jumladan, dzyudo va taekvondoda muvaffaqiyatli ishtirok etishadi.
Kim Chen In esa 2018 yilgi o‘yinlarga 550 kishini yuborish haqida ko‘rsatma bergan. Ular orasida: 230 muxlis, 140 artist va musiqachilar, ko‘rgazmali terma jamoadagi 30 taekvondochi bor. Qolgan kvotalar musobaqalarning bevosita ishtirokchilari va rasmiy shaxslar tomonidan tanlab olindi.
Shimoliy koreyaliklar sportning to‘rt turida qatnashishadi: figurali uchish, tog‘ chang‘isi, chang‘i poygalari va ayollar xokkeyi. KXDRdan keladigan sportchilarning yakuniy soni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan e’lon qilinadi. Bundan tashqari, bobsleychilar bahsida har ikki Koreyadan birlashgan jamoa tanlovdan tashqari chiqish qilishi mumkin. Bob natijalari yakuniy bayonnomaga kiritilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi