date
views 10 604

Qozog‘istonda yana bir avtobus yonib ketdi (video)

Qozog‘istonda yana bir avtobus yonib ketdi (video)
Bugun, 23 yanvar kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida yurib ketayotgan avtobus yonib ketdi, deb xabar beradi Qalampir.uz nashri.

Chimkent Ichki ishlar boshqarmasi tezkor guruhi xodimlari bu voqeani kuzatuv kameralari aniqlagan va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berishgan. Yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan.

Politsiyaning xabar berishicha, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan “Shaulin” rusumli avtobus 2014 yilda ishlab chiqarilgan. Ushbu avtobus Chimkent shahridagi 22-yo‘nalish bo‘yicha ketayotganda yong‘in chiqqan. Yong‘in vaqtida bu avtobusda ikki nafar yo‘lovchi va haydovchi bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan. Hozirgi vaqtda bu yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda yana bir avtobus yonib ketdi (video)