
Indoneziyada ikki iyoq bilan tug‘ilgan buzoqcha odamga o‘xshab yurishni o‘rgandi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda buzoqchaning odam kabi ikki oyoqda qishloqni aylanib yurgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Kadrda buzoqchaning yiqilib ketmasligi uchun ortidan kuzatib kelayotgan odamni ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining buzoqchaga rahmi keldi. Ularning ba’zilari bunday qiynalgandan ko‘ra jonivorni otib tashlashni aytishgan bo‘lsa, ba’zilari unga protez oyoq yasashni taklif qilishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar