
“Germaniya uchun alternativa” olmon partiyasi a’zosi Artur Vagner o’zi egallab turgan lavozimdan voz kechdi va islom dinini qabul qildi.
Xabarda aytilishicha, Vagner musulmonlarga qarshi nutqlari bilan mashhur bo’lgan. Siyosatchi o’z lavozimini tark etgan bo’lsa-da, partiyadan voz kechmagani aytilmoqda.
“Janob Vagner 11 yanvar kuni o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shadi. Aynan shunday keyingina uning islom dinini qabul qilgani ma’lum bo’ldi” deydi nemis partiyasi matbuot kotibi.
Vagnerning o’zi ushbu ma’lumotni izohlashdan bosh tortgan. Partiya esa siyosatchining ushbu qarorini hotirchamlik bilan qabul qilgan va e’tiqod erkinligini qo’llab-quvvatlashi haqida qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar