
Bristoldagi lift shaxtalarining birida ish olib borayotgan erkaklar g’ayrioddiy hodisaning guvohiga aylandilar.
Xabarda aytilishicha, hodisa payti Kris Cholker va uning hamkasbi Darren Voulzlar yerto’lada bo’lishgan. U yer juda qo’rqinchili bo’lgani sabab, xodimlardan biri videokamerani yoqib qo’ygan va qorong’u tonnel tomonda xira dog’ shakli ko’ringan.
Uyga kelgan shaxta xodimlari videoni sinchiklab kuzatishgan va bir nechta skrinshotlar olishgan. Ularning birida esa bola ko’tarib olgan boshsiz gavda ko’zga tashlangan.
Shaxta xodimi Kris Cholkerning aytishicha, bu yerto’lada sodir bo’lgan birinchi g’ayrioddiy hodisa emas. Cholker bu yerda XVIII asrda oqsuyaklar yashagani va ular yangi ko’chib kelgan aholi vakillarini qo’rqitmoqchi bo’layotgani haqidagi tahminini ham aytib o’tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar