
Parij moda haftaligi doirasida o’tkazilgan Jean Paul Gaultier namoyishining eng yorqin hodisasi shubhasiz model Koko Roshaning podiumga ikki yoshli qizalog’i bilan chiqib kelishi bo’ldi. Qizaloq Ayoni Djeyms Konran onasi bilan birga mehmonlar qarshisiga bir hil usubdagi ko’ylakda chiqib kelgan va onasiga o’xshab yurish uchun harakat qilgan.
Namoyish muallifi 65 yoshli modelyer Jan Pol Gotye ham mehmonlar kabi qizaloqni ko’rganda o’z hissiyotlarini tutib tura olmadi.
Xabarda aytilishicha, bu qizaloqning kameralar bilan birinchi bor to’qnashishi emas. Ayoni o’tgan yilda Gap kompaniya reklamasida onasi bilan birga suratga tushgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar