
Dubayda 5000 litr sig‘imga ega finjon Karak choyi bilan to‘ldirildi va bu yangi Ginness rekordi sifatida qayd qilindi. Rekord natija Global Village yarmarkasida o‘rnatildi. Finjonning balandligi 3,66 metrni, ichi diametri 1,42 metrni tashkil qiladi. Finjon yarmarkada 1 fevralgacha turadi, barcha tashrif buyuruvchilar uning fonida suratga tushishlari mumkin bo‘ladi.
Finjonga quyilgan choyni 120 oshpaz bir necha soat davomida tayyorlagan: finjoni to‘ldirish 25 yanvar soat 4da boshlangan. Choyni tayyorlash uchun suvdan tashqari 155 kg choy kukuni, 270 kg quruq sut, 360 kg shakar, 135 kg zanjabil, 4,6 kg chinnigul, 27 kg dolchin va 27 kg kardamon ishlatilgan.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar