
Yaponiyadagi firmalardan biri mutaxassislari po‘chog‘ini ham yeb tashlasa bo‘ladigan banan turini yaratib, uni «Mongey» deb nomlashdi. Bu bananlar odatdagilaridan ancha shirin va po‘chog‘i xuddi salatdagi ko‘kat bargi kabi muloyim, mazali, yumshoq.
Mutaxassislar bu bananlarni dastlab -60 darajali sovuqda ko‘kartirib olishdi. Keyin esa ko‘chatni odatiy bananlar yetishtiriladigan tuproqqa ko‘chirib o‘tqazishdi. Bu yerda havo harorati +26, 5 daraja atrofida bo‘ladi. Yangi bananlar ayni kunga kelib firma biznesini haddan ziyod kuchaytirib yuboribdi.
Firmadagilar har bir «Mongey» deb nomlangan bananni 6 dollardanga sotishmoqda. Ular kelgusida ko‘chatlar ko‘paytirilib, mahsulot xorijga ham eksport qilinishi mumkinligini ta’kidlashdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar