
Jurnalist Maykl Volf tomonidan yozilgan shov-shuvli kitob AQSHda 1 hafta ichida 1,7 million nusxada sotilib ketdi. Henry Holt and Company nashriyoti ushbu ko’rsatkich, barcha formatlar, jumladan qattiq muqovali bosma, elektron va audiokitob shakllariga tegishli ekanligini qayd etgan.
Xabarda aytilishicha, bosma nashrga bo’lgan talab sotuvga chiqarilgan kitoblar sonidan oshib ketmoqda. Shu sababli ham bestsellerni harid qilish uchun talabgorlar bir necha hafta kutishlariga to’g’ri kelyapti.
Eslatib o’tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp haqidagi “Alanga va g’azab: Trampning Oq uyida” kitobi 9 yanvar kuni sotuvga chiqqan va kitobda uning oila a’zolari haqidagi ko’plab ma’lumotlar bor ekanligi aytilgandi. Prezidentnig o’zi esa kitobni soxta deya atab, uning muallifini “ruhiy kasal”ga chiqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar