
AQSHning birinchi xonimi turmush o’rtog’i Donald Tramp bilan hiyonatga doir masalalarda urushib qolgani sabab Oq uyda tunamay qo’ydi.
OAVning tahmin qilishicha, Donald Tramp bundan tahminan o’n yillar avval behayo filmlar aktrisasi bilan ishqiy aloqada bo’lgan. Ushbu hodisani berkitish maqsadida Trampning yuristlari ayolga 130 ming AQSH dollari miqdorida mablag’ to’lashgan, ammo ushbu ma’lumot bugungi kunga kelib barchaga oshkor bo’ldi.
Shu tariqa barchaning nigohi Melaniyaga qaratildi. AQSHning birinchi xonimi ushbu holatni hech qanday so’z bilan izohlamagan bo’lsa-da Davos sammitiga eri bilan birga borishdan bosh tortdi. Ayrim manbalarda Melaniyaning Oy uyda tunamayotgani haqida ham xabarlar paydo bo’lgan.
Ayni paytda na Melaniya, na Trampning o’zi ushbu hodisa yuzasidan biror so’z aytishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar