Saudiya Arabistonida botoks qildirilgan tuyalar go’zallik tanlovidan chetlashtirildi

Saudiya Arabistonida botoks qildirilgan tuyalar go’zallik tanlovidan chetlashtirildi
Saudiya Arabistoni tuyalar festivali doirasida o’tkaziluvchi go’zallik tanlovida botoks qildirilgan o’nlab tuyalar tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy berishdi.

Xabar berilishicha, jonivorlarning egalari tuyalarning yanada chiroyli bo’lishi uchun botoks muolajasini jonivorlarda qo’llashga qaror qilishgan.

Tuyalar festivali Saudiya Arabistonining o’ziga hos an’analaridan biri bo’lib, u go’zallik tanlovi, poyga va yana bir necha turdagi musobaqalarni qamrab oladi.

Festival mehmonlari hayvonot bog’ini tomosha qilish, tuya sutining ta’mini tatib ko’rish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar