
Murmansklik fuqarolardan biri sudning barcha buyumlarni bo’lishib olish haqidagi ajrim qaroriga muvofiq nafaqat o’z buyumlari, balki uyning kirish eshigini ham o’z o’rnidan ko’chirib olib ketdi.
Xabarda aytilishicha, sud vakili va ayolning sobiq turmush o’rtog’i uyni ko’rish uchun kelishganda eshikning ham o’z o’rnida yo’q ekanligini ko’rib hayratga tushishgan. Eshik o’rniga esa gilam tutib qo’yilgandi.
Erkak sobiq rafiqasining ushbu ishidan qanchalar g’azablanmasin, sud vakili qarorda “yashash hududini bo’shatishda qarzdor ayolning eshikning olib ketishiga haqqi yo’q” deb aytilmagan deya uni tinchlantirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar