14:20 / 31.01.2018
4 955

Saudiyada korrupsiya uchun ushlangan shahzodalarning barchasi ozod etildi

Saudiyada korrupsiya uchun ushlangan shahzodalarning barchasi ozod etildi
Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olingan barcha yuqori mansabli shaxslarni ozod etdi, ular Ar-Riyoddagi Ritz-Carlton besh yulduzli mehmonxonasida hibsda saqlangan. Bu haqda Reuters saudiyalik yuqori lavozimli amaldorga asosan xabar bermoqda, deb yozadi Kun nashri.

«Ritz-Carlton’dagi barcha ozod etildi», - degan u. Agentlik manbasi ularning soni qancha bo‘lgani va podshohlikda qo‘lga olinganlar boshqa joyda saqlanganiga oid savolga aniqlik kiritmagan. Reuters’ning taxminicha, qo‘lga olinganlardan ba’zilar korrupsion jinoyatlarni tan olishdan bosh tortishgani uchun turmaga o‘tkazilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyi boshida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi Korrupsiya bilan kurash bo‘yicha oliy qo‘mita podshohlik oilasining o‘nlab a’zolari, davlat xizmatchilari va tadbirkorlarni qamoqqa olib, ularni moliyaviy hamda lavozim jinoyatlarida aybladi. Hammasi bo‘lib 300 dan ortiq kishi so‘roq qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq saudiyalik shahzoda hibsdagi hashamatli hayoti haqida gapirib bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiyada korrupsiya uchun ushlangan shahzodalarning barchasi ozod etildi