20:30 / 01.02.2018
15 355

Qo‘riqchi: "52 nafar o‘zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g‘alati tovushlar kelmoqda..."

Қўриқчи: "52 нафар ўзбекистонлик вафот этган автобусдан ғалати товушлар келмоқда..."
Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatida 52 kishi qurbon bo‘lgan avtobusdan g‘alati sadolar kelayotgan ekan. Bu haqda 31-kanalga tayangan holda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

Bir necha kun oldin yonib ketgan avtobus fojia joyidan Aqto‘bedagi avtoturargohga olib kelingan. Qo‘riqlash xodimlarining ta’kidiga ko‘ra, mana shu kunlar orasida ular avtobus tomondan kelayotgan, odam tovushlariga o‘xshash g‘alati sadolarni eshitishgan.

"Oqshom 1-2larda kelib, halok bo‘lganlarning chinqiriq va yordam ovozlarini eshitish mumkin", — deb hikoya qilgan qo‘riqchi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘iston trassasida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Faqat 5 nafar kishi omon qoldi. Ikki qavatli "Ikarus" Qozog‘iston davlat raqamlari bilan Rossiya tomon yo‘lga chiqqandi.

Fojea qisqa elektr simi tutashuvi, salon ichida yong‘in chiqishi va olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Aqto‘be viloyati sudi yonib ketgan avtobusning 3 nafar haydovchilarini 2 oy muddatga hibsga oldi.

Dastlabki tergov ishlari natijasida, avtobus haydovchilari tomonidan Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 345-moddasi, 4-bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (yo‘l-harakati xavfsizligi qoidalarini va transport vositasini boshqarish va ekspluatatsiya qoidalarini buzish) amalga oshirilgani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qo‘riqchi: "52 nafar o‘zbekistonlik vafot etgan avtobusdan g‘alati tovushlar kelmoqda..."