
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rostov-Dondagi «Rostselmash» kombayn zavodi sexlaridagi yangi texnika bilan tanishdi, deb xabar beradi Daryo.uz.
Putin trenajyor ruliga o‘tirib ko‘rdi va yig‘ilganlarni navbatdagi xazili bilan taajjublantirdi.
Avvaliga prezident savdo va sanoat vaziri Denis Manturov hamda «Rostselmash» direktorlar kengashi raisi Konstantin Babkin hamrohligida traktor yig‘iladigan sexdagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishgan.
Putin bug‘doy o‘ruvchi kombayn simulyatorini yurgizib, hatto o‘rish jarayonini ham sinab ko‘rgan. U simulyatorga yuqori baho berib, «Agar prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lsam, 18 martdan keyin kombayn haydash bilan shug‘ullanaman», degan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar