“Hayat tahrir ash-Shom” guruhi (avvalgi “Jibhat an-Nusra”) 3 fevralda Suriyada Rossiyaning Su-25 samolyoti urib tushirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda ekstremistlar axborot faolligini monitoring qiluvchi SITE sayti ma’lum qildi, deb yozadi Kun nashri.
Shunday ma’lumotlar Al-Arabiya telekanalida ham paydo bo‘lgan. Biroq bu ma’lumot haqiqiyligining hech qanday isboti keltirilmagan.
Rossiya harbiy-havo kuchlarining harbiy samolyoti 3 fevralda Idlib viloyatida urib tushirilgan. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurgan, biroq jangarilar bilan jangda halok bo‘lgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchining ismi Roman Filippov bo‘lgan. Rossiya mudofaa vazirligida aytilishicha, samolyot zenit-raketa majmuasidan urib tushirilgan. Keyinroq Rossiya aviatsiyasi raketa otilgan hududga javob zarbasi bergan. Buning oqibatida 30 dan ko‘proq jangari yo‘q qilingan.
AQSh ushbu voqeadan keyin Suriyadagi ittifoqdoshlarini bunday qurol bilan ta’minlanmasligini aytishga tushgan.
Rossiya mudofaa vazirligida Pentagon tomondan AQShning Suriyadagi ittifoqdosh tuzilmalarga zamonaviy qurolning nazoratsiz yetkazilishi Turkiya tomondan Idlibda amaliyot o‘tkazilishiga sabab bo‘lgani aytilgan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, “AQShning Suriyadagi bunday mas’uliyatsiz harakatlari vaziyatni tinchlik bilan hal qilish jarayoniga putur yetkazadi va Suriyaaro muzokaralarga to‘sqinlik qiladi”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...