
Iroq rasmiylari ilk bor eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda «Sof.uz» xabar bermoqda.
Ro‘yxatga 60 kishi, jumladan, mamlakat sobiq prezidenti Saddam Husaynning katta qizi Rohat kiritildi. U hozirda Iordaniyada bo‘lib turibdi.
Shuningdek, mazkur hujjatda IShIDning 28 nafar dala qo‘mondoni, «Al-Qoida»ning 12 nafar yetakchisi, BAAS partiyasi mansabdorlari, jumladan, Rohat haqida ma’lumot va ayblovlar jamlangan.
Al Sumaria telekanaliga ko‘ra, ro‘yxatga qayerda ekanligi hozirgacha noma’lum bo‘lgan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy kiritilmagan.
Sanab o‘tilgan shaxslarning barchasi ayni paytda Iroqdan tashqarida. Ularning ekstraditsiyasi masalasi Interpol bilan birgalikda hal etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar