Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning kuyovi Ibabekir Bekdurdiyevda umumiy qiymati millionlab dollarni tashkil etuvchi qo‘l soatlari borligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
28 yoshli Bekdurdiyev Gurbanguli Berdimuxammedovning Gulnabat ismli opasining qiziga uylangan. «Alternativnыe novosti Turkmenistana» nashrida Bekdurdiyev o‘zining Instagram va “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan fotosuratlari va videolari chop etildi (Ayni vaqtda mazkur akkauntlar o‘chirib tashlangan).
Fotosurat va roliklarda Bekdurdiyev turli nusxalardagi soatlarini namoyish etgan. Ular orasida eng qimmati Qatarda juda kam miqdorda ishlab chiqarilgan, narxi 565 ming dollar bo‘lgan Richard Mille 52-02 Horse Tourbillon soatidir.
Nashrning ta’kidlashicha, Richard Mille Bekdurdiyevning eng sevimli brendlaridan biridir. Uning kolleksiyasida mazkur brendga tegishli bunday soatlar kamida 4 tani tashkil etadi. Bekdurdiyevning eng arzon soati 110 ming dollar turadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi