
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning korteji 10 fevralga o‘tar kechasi Amerikaning Kaliforniya shtatida YTHga uchradi. Tryudoga hech qanday jarohat yetmagan. Bu haqda KABC TV telekanaliga tayanib, «Daryo» xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Tryudo Simi-Velli shahrida joylashgan Ronald Reygen kutubxonasida nutq so‘zlab qaytayotgan bo‘lgan.
Tadbirdan so‘ng, kutubxonadan olti kilometr narida Toyota haydovchisi Kanada bosh vazirini kuzatib borayotgan mototsikl bilan to‘qnashib ketgan. Ta’kidlanishicha, Tryudo o‘tirgan avtomobil boshqa mashina bilan to‘qnashmagan. Toyota haydovchisi va uning ichida bo‘lgan ayol hamda bolakay shifoxonaga yetkazilgan. Mototsikl haydovchisiga esa jiddiy jarohat yetmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar