Saudiya Arabistonida diqqatga sazovor o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Xususan, hukumat tomonidan ayollarning futbol tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurishi va muxlislik qilishiga qonunan ruxsat berildi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar bermoqda.
Saudiyalik ayollar bu xabarni mamnuniyat bilan qarshi oldilar va mamlakatda yaqinda boshlangan o‘zgarishlarni ijobiy baholamoqdalar.
Saudiya hukumati ayollarning huquq va erkinliklarini inobatga olib, ularning mashina boshqarishi va sport musobaqalarida ishtirok etishiga yo‘l ochib bergan.
Shuningdek, qirollikda avval ta’qiqlab qo‘yilgan jamoa kinoteatrlari, operalar va konsertlar berilishi yana joriy qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq, Saudiyada ayollari ham jangovar sport turlari bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilgani va mamlakatning mashhur din peshvosi Shayx Abdulloh al-Mutloq ularning abaya libosini kiyib yurishi shart emas deb fatvo bergani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»