13:11 / 15.02.2018
14 117

Ka’ba yopinchig‘i haqida nimalarni bilasiz?

Ka’ba yopinchig‘i haqida nimalarni bilasiz?
Ka’baning yopinchig‘i uning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan, uni ziynatlaydigan narsalardan biri hisoblanadi. Haj va umra ibodatini ado etish uchun musulmonlar uni tavof qiladigan Alloh taoloning uyi Ka’baning jamoli u bilan mukammal bo‘ladi, haybatiga haybat qo‘shadi, musulmonlarningm balki butun dunyoning ko‘zini quvnatadi, deb yozadi Azon.uz nashri. Alloh taolo aytadi:

(Ish) shudir. Kim Alloh qonunlarini hurmat qilsa, bas, albatta (bu hurmat) dillarning taqvodorligi sababli bo‘lur.

Ka’baning yopinchig‘i bir ayol tomonidan yoqib yuborilganidan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam uni “kiyintirdilar”. Xulafoi roshidinlar Abu Bakr va Usmon roziallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga ergashib bu ishni qaytardilar.

Ka’ba yopinchig’ining ismlari:
Ka’baning yopinchig‘i eng yaxshi ipak navidan tikilgan, islom san’ati namunalari va oyatlar bilan bezalgan “kiyimi” hisoblanadi. Bu yopinchiq yilda ikki marta yuviladi va bir marta almashtiriladi. Ka’ba yopinchig‘ining bir necha xil ismlari bor bo‘lib, Ritoj va Roma, Lorin, Sadin ham shu ismlardan biri hisoblanadi. Bu yopinchiq qirol buyrug‘i bilan ochilgan Ummul quro fabrikada tikiladi. Ushbu fabrika Ka’ba yopinchig‘idan mas’ul hisoblanadi. Fabrika eng zamonaviy texnologiyalar tikuvchilik olamidagi eng yaxshi uskunalar bilan jihozlangan.

Ka’ba haqida ma’lumotlar:
• Ka’ba yopinchig‘ining narxi 17 million riyolga teng;
• Uni 240ga yaqin kishi tikadi;
• Yopinchiqning balandligi 14 m hisoblanadi;
• K’aba yopinchig‘ining umumiy maydoni 658 m kvni tashkil qiladi;
• Ka’ba yopinchig‘ini tayyorlashda 670 kg ipak ishlatiladi;
• Ka’ba eshigi ustidagi pardoning uzunligi 7 m, eni esa 4 mga teng;
• Yopinchiq qora rangga bo‘yalgan ipakdan tayyorlanadi;
• Yopinchiqqa Qur’on oyatlari tilla bilan qoplangan iplarda tikiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ka’ba yopinchig‘i haqida nimalarni bilasiz?