23:25 / 16.02.2018
7 535

Aslida ayol bo‘lgan “erkak” bir necha marotaba uylanib, boyib ketdi

Aslida ayol bo‘lgan “erkak” bir necha marotaba uylanib, boyib ketdi
Hindistonning Uttarakxand shtati politsiyasi o‘zini erkak deb tanishtirgan va kelinning sepi uchun bir marotaba uylangan Krishna Sen (Krishna Sen) ismli ayolni qamoqqa oldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Politsiyaga Senning birinchi xotinining ota-onasi ariza bilan murojaat qilishdi. Ular kuyovlari qonunga zid ravishda do‘q-po‘pisa bilan sep uchun 850 ming rupiyani tortib olganligini ma’lum qilishdi.

So‘roq vaqtida Sen politsiyachilarni shubhalantirgani uchun u tibbiy ko‘rikka yuborildi. Tekshiruv natijasida ularning qarshisida erkak emas, balki ayol turganligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sen to‘ydan keyin tezda birinchi rafiqasi bilan ajrashgan va 2017 yilning aprel oyida boshqa ayolga uylangan.

“Kuyov” kelinlarni ham shubhalantirgan. U hech qachon rafiqalarining oldida yechinmagan va ularga yaqinlashmagan. Sen asosan erkaklar bilan do‘stlashgan, erkaklar hojatxonasiga qatnagan va hattoki yurish-turishi ham erkakcha bo‘lgan.

“Sochini erkakcha kaltalatgan, yurish-turishi, kiyimi bilan Sen erkaklardan deyarli farq qilmaydi”, dedi politsiyachilardan biri. Sen politsiyachilarga bir umr erkak bo‘lishni orzu qilganligini ma’lum qildi.

Nashrning ma’lum qilishicha, u ilgari Sviti nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hindistonda 1961 yilda kelinlarga katta sep berish taqiqlanganiga qaramay, bir necha asrlik mazkur an’ana hamon o‘z kuchini yo‘qotmay kelmoqda. Kelinning ota-onasi kuyov tomonga pul, kiyim-kechak va taqinchoqlar sovg‘a qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aslida ayol bo‘lgan “erkak” bir necha marotaba uylanib, boyib ketdi