09:25 / 19.02.2018
4 705

Dog‘istonning Kizlyarida otishma: Qotilning radikal oqimlarga aloqasi yo‘q (video)

Dog‘istonning Kizlyarida otishma: Qotilning radikal oqimlarga aloqasi yo‘q (video)
Dog‘istonning Kizlyar shahrida mahalliy fuqarolardan biri pravoslav nasroniylarning Maslenitsa bayramini nishonlayotgan odamlarga qarata o‘q uzgan. Bu haqida RIA Novosti Dog‘istondagi huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib bergan xabariga asoslanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt inson vafot etgan, yana to‘rt nafari jabrlangan», — degan agentlik hamsuhbati. Lekin Dog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlanganlar besh nafar bo‘lgani haqida xabar tarqatgan. Ularni Kizlyar shahridagi markaziy shifoxonaga keltirishgan. Vafot etgan to‘rt nafar qurbonlarning barchasi ayollardir. Keyinroq, yarador bo‘lganlardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Kuch ishlatar tizim xodimlari hujum qilgan shaxsni yo‘q qilishgan. U 1995 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqarolardan biri bo‘lib chiqdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning barchasi hujum uyushtirilgan vaqtda cherkovdan qaytishayotgan bo‘lishgan. Qotil avval hech qachon politsiyaning nigohiga tushmagan va radikal qoimlarga aloqador bo‘lmaganligi ham ma’lum.

«Soat 16:30 larda noma’lum erkak ov miltig‘idan fuqarolarga qarata o‘t ochgan», — degan RIA Novostiga mintaqaviy IIV vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida ikki nafar politsiya xodimi ham bor.

Voqea joyida tergovchi va surishtiruvchilar ishlashmoqda, «Qotillik» va «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hayotiga qasd qilish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dog‘istonning Kizlyarida otishma: Qotilning radikal oqimlarga aloqasi yo‘q (video)