08:30 / 21.02.2018
5 490

Turkiyada rasmiy ravishda ishlayotgan o‘zbekistonliklar qancha ekanligi ma’lum qilindi

Turkiyada rasmiy ravishda ishlayotgan o‘zbekistonliklar qancha ekanligi ma’lum qilindi
Turkiya mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 87 190 nafar xorijlik fuqaro mamlakatda ishlashga ruxsat olgan. Ularning katta qismi suriyaliklar - 20 970 nafar.

Ikkinchi o‘rinda Gruziyadan - 7 317 nafar fuqaro, Qirg‘izistondan - 6 360, Ukrainadan - 5 761, Xitoydan - 4 288, Turkmanistondan - 3 847, Hindistondan - 3 055, O‘zbekistondan - 2 465, Rossiyadan - 2 290 nafar fuqaro Turkiyada ishlash uchun rasmiy ruxsat olgan.

Bundan tashqari, ishlashga ruxsat olganlar orasida AQSH (983), Buyuk Britaniya (965), Germaniya (960), Italiya (649) va Fransiya (543) fuqarolari ham bor.

O‘tgan yilda Turkiyada ishlashga izn olish uchun 100 ming nafar chet el fuqarolari murojaat qilgan va ulardan 87 190 nafariga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada rasmiy ravishda ishlayotgan o‘zbekistonliklar qancha ekanligi ma’lum qilindi