5 026
Tojikistonda ta’lim vazirini “buzilgan rus tili uchun” ishdan bo‘shatish taklif qilinmoqda
Tojikiston ta’lim va fan vaziri Nuriddin Said internetda o‘z sha’niga aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan tanqidlarga tojik vazirining rus tilida gapirish darajasi sabab bo‘ldi. Matbuot anjumanida Nuridddin Saidning buzilgan rus tilida jurnalistga javob berayotgani yaqinda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Internet-foydalanuvchilarining ko‘pchiligi shu qadar darg‘azab bo‘lishdiki, vazirni ishdan bo‘shatish masalasida petitsiya tuzish va imzolash taklifi bilan chiqishdi.
Biroq vazirni, davlat amaldorlari rus tilini yaxshi bilishi shart emas, ular boshqa tilni o‘rganishga majbur emas, deguvchilar himoya qilib chiqishdi.
Nuriddin Saidning aytishicha, rus tilini yetarli darajada biladi. “To‘g‘ri men, Tolstoy emasman, Soljenitsin emasman, biroq rus tilini yaxshi bilaman, -deya bayonot berdi vazir. – Men bu tilda gaplashaman, turli majlis va anjumanlarda xukumat nomidan munozaralarda qatnashaman. Men ikkita fan doktori va 8 ta fan nomzodini yetishtirib chiqarganman… Shundan keyin ham meni rus tilini bilmasligimda ayblashmoqdami? To‘g‘ri, menda aksent bor, bu hammada ham uchrab turadi”, deydi Tojikiston ta’lim va fan vaziri.
Nuriddin Saidning so‘zlariga qaraganda, Tojikistondagi rus tilli aholining ko‘pchiligi tojik tilini bilmaydi. “Ko‘pchilik bu yerda o‘nlab yillardan beri istiqomat qiladi, biroq hamon tojik tilini o‘rganishmagan”, -deydi vazir.
Uning aytishicha, Tojikistonda faoliyat yurituvchi mahaliy va xorijiy OAVda ishlovchi rusiy zabon jurnalistlar davlat tilini bilmaydi, shu sababli ham ayrim savollarga rus tilida javob berishga majbur bo‘lmoqda.
O‘z sha’niga bildirilayotgan tanqidlarni ta’lim vaziri “obro‘sizlantirishga qaratilgan kampaniya” ekanligini aytdi. “Vazirni obro‘sizlantirishga urinish — amaldagi hokimiyatni obro‘sizlantirishga urinishdir”, -dedi vazir.
Tojikistonda rus tili davlat maqomiga ega emas, ammo millatlararo muloqot tili sifatida ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?