
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining ma’lum qilishicha, mamlakat artilleriyasi Suriyaning Afrinida “terrorchilar avtokolonnasi”ga zarba berdi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.
“PYD («Demokratik ittifoq” kurdlar partiyasi), YPG (kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari) va ISHIDning 30-40 transport vositasidan iborat kolonna 22 fevral kuni Afrin shahriga janubi-sharqiy yo‘nalishdan qarab harakatlangan. Turkiya Qurolli kuchlari artilleriyasi avtokolonnaga Afrindan 15 kilometrlik masofada zarba berdi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Afrin yaqin vaqt ichida o‘rab olinishini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar