
Yevroittifoq Belarusga qarshi cheklovchi choralarni yana bir yil — 2019 yil 28 fevralgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “EADaily”ga tayanib “Daryo” xabar bermoqda.
Gap qurol embargosi, davlat qatag‘onlarini amalga oshirish uchun vositalar, muxolifatchilar bedarak yo‘qolishiga aloqador kishilar aktivlari muzlatishi va Yevropaga tashrifi cheklanishi haqida ketmoqda.
Yevroittifoq ilk bor 2004 yilda Belarusga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. 2016 yil fevralida ularning aksariyati bekor qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar