
Raqamli texnologiyalar va kriptosanoat uyushmasi – DIGITAL NETWORK prezidenti Oljas Murtazinning ma’lum qilishicha, 2018 yilda uyushma Qozog‘istondagi dastlabki kriptobirja hamda birinchi qonuniy kripto ayirboshlash punkti ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda juma kuni Kazinform tarqatgan xabarga asoslanib Darakchi nashri ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, uyushma Qozog‘istonning milliy kompaniyalari, yirik va kichik biznes vakillari bilan blokcheyn texnologiyalarini amalga tatbiq etish yo‘nalishida hamkorlik qilish istagida.
“Shu bilan birga kriptobirja va kripto ayirboshlash masalalari bo‘yicha Milliy bank raisi Daniyar Akishev bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘nalishda biz harakatlar rejasini ishlab chiqdik”, degan Murtazin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar