Internet tarmog‘ida yo‘lovchi samolyoti ro‘y bergan mojaro aks etgan videorolik paydo bo‘ldi. Voqea 2018 yilning 23 fevral kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining “Moskva — Bayrut” yo‘nalishidagi bo‘ylab uchgan “ SU 510R” reysida ro‘y bergan.
Janjal mazkur reysda orqama-oldi o‘rindiqlarda ketayotgan ikki ayol o‘rtasida kelib chiqqan. Guvohlarning aytishicha, nizoga oldina o‘tirgan ayolning o‘rindiqni birdaniga orqaga yotqizishi oqibatida ikkinchi ayolning ustiga idishdagi sharbat quyilib ketgan.
Videorolikda: “Og‘zingni yop! Mana, hozir Livanga borasan, men deputatning xotiniman, senga ko‘rsatib qo‘yaman!” — deb baqiradi orqa o‘rindiqdagi ayol oldindagisiga. Videoda styuardessalar janjalkash ayollarni tinchlantirish bilan bir qatorda o‘rindiqlarni tozalayotganini, oldingi qatorda ketayotgan ayolga ko‘maklashayotganini ko‘rish mumkin. Aftidan deputatning rafiqasi ustiga sharbat quyilib ketgach, raqibining ustidan nimanidir sochgan bo‘lishi mumkin.
Video yo‘lovchilardan biri tomonidan tasvirga olingan. U rolikni sharhlab kelgan, biroq bor ovozi bilan baqirayotgan deputatning rafiqasi fonida uning so‘zlarini anglab bo‘lmaydi. Rolikning oxirrog‘ida: “Baxtimizga styuardessalar to‘polonchini tezda tinchlantirishdi. Mana shu ahvolda uchib ketayapmiz!” — deganini tushunish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi