Misrda qimmatbaho buyumlarga to‘la qadimiy qabriston aniqlandi (video)

Yuqori Misrning al-Minya viloyatida, Qohiradan 300 kilometr janubda kohinlar qabristoni topildi. Arxeologik kashfiyot haqida Misrning qadimiyat ishlari vaziri Xolid Ahmad al-Ananiy gapirib berdi, deb xabar qiladi “Daryo.uz”.
Uning so‘zlariga qaraganda, qazishma ishlari 2017 yil noyabrida boshlangan edi. Bir necha dafn shaxtalari aniqlandi. U yerda 6–8 metr chuqurlikda 40 ta tosh va yog‘och sarkofag topildi.
Sarkofaglardan 17 ta mukammal saqlangan mumiya, shuningdek, turli bezaklar, niqoblar, tumorlar, idish-tovoq va mingdan ortiq haykalchalar qazib chiqarildi.
“Bu hali boshlanishi, — dedi al-Ananiy. — O‘ylashimcha, kamida yana beshta ekspeditsiya o‘tkazishimiz lozim. Lekin bir narsa ma’lum: tez orada mamlakatning bu qismida yangi arxeologik osori atiqa paydo bo‘ladi”.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uning so‘zlariga qaraganda, qazishma ishlari 2017 yil noyabrida boshlangan edi. Bir necha dafn shaxtalari aniqlandi. U yerda 6–8 metr chuqurlikda 40 ta tosh va yog‘och sarkofag topildi.
Sarkofaglardan 17 ta mukammal saqlangan mumiya, shuningdek, turli bezaklar, niqoblar, tumorlar, idish-tovoq va mingdan ortiq haykalchalar qazib chiqarildi.
“Bu hali boshlanishi, — dedi al-Ananiy. — O‘ylashimcha, kamida yana beshta ekspeditsiya o‘tkazishimiz lozim. Lekin bir narsa ma’lum: tez orada mamlakatning bu qismida yangi arxeologik osori atiqa paydo bo‘ladi”.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…