Britaniyaning Lester shahrida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy OAV ning xabariga asoslanib Kun nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Lesterdagi Xinkli-roud ko‘chasida 25 fevral mahalliy vaqt bilan soat 19:19da portlash yuz bergan. Voqea joyiga 6 ta o‘t o‘chirish mashinasi jo‘natilgan. Odamlarga voqea joyiga yaqinlashmaslik tavsiya qilingan.
Keyinroq portlash oqibatida 6 kishi jabrlangani, ulardan ikki nafari og‘ir ahvoldaligi ma’lum qilingan.
Politsiya “yirik hodisa” yuz berganini ma’lum qilgan, biroq tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan hamda ayni vaqtda hech narsa terakt bo‘lganiga ishora qilmasligini aytgan.
O‘t o‘chirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida ikki qavatli uy qulab tushgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Guvohlarning ma’lum qilishicha, uyning 1-qavatida do‘kon, 2-qavatida kvartiralar joylashgan bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...