11:23 / 26.02.2018
5 899

Tojikistonda ikki nafar “ayol niqobida”gi o‘ta xavfli terrorchi qo‘lga olindi

Тожикистонда икки нафар "аёл ниқобида"ги ўта хавфли террорчи қўлга олинди
Ikkalasi ham qidiruvda bo‘lgan. Shuning uchun ayol kiyimini kiygan holda militsiya e’tiboridan nari bo‘lishga uringan.

Tojikiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati vakillari xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning biri 1985 yili tug‘ilgan Safarov Akmal Abdurahimovich, ikkinchisi 1983 yilda tug‘ilgan Nuraliyev Alisher Xoldorovichlar bo‘lib chiqdi. Ilgari ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ikkovi ham o‘zga davlatda qurolli to‘qnashuvlar tashkil etish, shu maqsadda fuqarolar orasida targ‘ibot ishlari olib borish bilan shug‘ullangan. Ikkalasi ham militsiya ta’qibidan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Shu kunga qadar ayollar kiyimida ko‘chaga chiqishga majbur bo‘lgan.

Qo‘lga olinganlardan biri tergov jarayonida 2015 yildan beri Tojikistonda faoliyati taqiqlangan “Salafiy” yashirin tashkiloti a’zosi ekanini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, “Salafiy” nomi ostidagi yashirin tashkilotlar asosan Vahhobiy tariqatini keng omma orasida targ‘ib qilgan holda, begunohlarni terror harakatlariga jalb etish, o‘ldirish, bir so‘z bilan aytganda, “jihod” bilan shug‘ullanadi. Shubhasiz, qo‘lga olinganlarning ikkisi ham yaqin oylar ichida Suriyaga o‘tib, dunyoda faoliyati taqiqlangan “ISHID” terrorchi kallakesarlar guruhiga qo‘shilish harakatida bo‘lgan.

Ayni vaqtda Akmal Safarov va Alisher Nuraliyevlar qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda ikki nafar “ayol niqobida”gi o‘ta xavfli terrorchi qo‘lga olindi