12:10 / 26.02.2018
4 047

Suriyada “tanaffus”mi?

Suriyada “tanaffus”mi?
Shanba kuni BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada o‘q otishni zudlik bilan to‘xtatishni ko‘zda tutuvchi 2401-sonli rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi.

Kengash a’zolari nizolashayotgan tomonlardan Suriya bo‘ylab o‘q otishni kamida 30 kunga to‘xtatishni talab etdi, bu tanaffus aholiga gumanitar yordam yetkazish hamda kasallar va yaradorlarni evakuatsiya qilishga imkon beradi.

Ta’kidlanishicha, 5,6 million suriyalikka zudlik bilan gumanitar yordam yetkazilishi zarur. Ulardan 3 millioni yetib borish qiyin joylarda yoki qamal holatida yashamoqda.

Rezolyutsiyada nizolashayotgan tomonlardan xalqaro gumanitar huquq prinsiplariga rioya etish hamda tibbiyot xodimlari va tibbiyot muassasalari xavfsizligini ta’minlash talab qilingan.

O‘q otishni to‘xtatish rejimi ISHID, “Al-Qoida”, “An-Nusra” jabhasi va boshqa terror guruhlariga qarshi o‘tkazilayotgan harbiy operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suriyada “tanaffus”mi?